
Rossiya futbol ittifoqi (RFS) FIFA tomonidan 2005 yilda Rossiya va Germaniya terma jamoalari o'rtasida o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida urilgan gol bo'yicha bildirilgan qarorga izoh berdi. Jurnalist Ivan Karpov keltirgan ma'lumotga ko'ra, FIFA bu epizodda gol muallifi sifatida Andrey Arshavin emas, Aleksandr Kerjakov qayd etilishi lozimligini tan olgan.
RFS vakili Kirill Tereshinning aytishicha, o'rtoqlik uchrashuvining tashkilotchisi Germaniya futbol ittifoqi bo'lgan va hozir amalda qo'llanilayotgan barcha statistika o'yin bayonnomasida aks etgan. Shuning uchun o'zgartirishlar aynan bayonnomaga kiritilishi kerak.
Tereshin RFS mazkur masalada rasmiy so'rov kelib tushsa, hamkorlik qilishga tayyor ekanini ham ta'kidladi. Hozirda Kerjakov Rossiya terma jamoasi safida 30 ta gol urgan, Artyom Dzyubada esa 31 ta gol bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.