date

Bavariya va Liverpul Frankulinu Juu transferi uchun kurashadi


Daniyaning "Midtyullann" klubi markaziy hujumchisi Frankulinu Juu Germaniya Bundesligasiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda insayder Kristian Falk ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Myunxenning "Bavariya" klubi 21 yoshli futbolchini transfer qilish bo'yicha dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan. Kelishuv Germaniya chempioniga 25–30 million yevroga tushishi ehtimol qilinmoqda.

Juu uchun kurashda "Bavariya"ga Dortmundning "Borussiya"si hamda "Liverpul" raqobatchi bo'lishni mo'ljallagan. 2025/2026 yilgi mavsumda hujumchi 30 uchrashuvda maydonga tushib, 21 gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya va Liverpul Frankulinu Juu transferi uchun kurashadi