date

Kanchelskis Yevropada o'ynayotgan rossiyaliklarni mukofotlashni taklif qildi


Rossiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, "Manchester Yunayted"dagi faoliyati bilan tanilgan Andrey Kanchelskis mamlakat rahbariyatiga murojaat qildi. U Yevropa klublarida to'p surayotgan rossiyalik futbolchilarni davlat mukofoti bilan taqdirlash g'oyasini ilgari surdi.

Kanchelskisning fikricha, ular chet elda Rossiya nomini tanitayotgani uchun rag'batlantirilishi lozim. "Agar mukofot berilsa, barchasiga, hatto ancha avval o'ynaganlarga ham berish kerak", deya uning so'zlarini RB Sport keltiradi.

Rossiyalik futbolchilar ishtirokidagi so'nggi yirik yutuqlardan biri Matvey Safonovning "PSJ" bilan Qit'alararo kubok finalida qo'lga kiritgan g'alabasi bo'ldi. Darvozabon o'yindan keyingi penaltilar seriyasida to'rt zarbani qaytardi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kanchelskis Yevropada o'ynayotgan rossiyaliklarni mukofotlashni taklif qildi