
Italiyaning "Atalanta" klubiga tegishli bo'lgan, hozirda esa ijara asosida "Kalyari" safida to'p surayotgan qanot himoyachisi Marko Palestra Yevropa transfer bozorida katta qiziqish uyg'otmoqda. Caught Offside nashri xabariga ko'ra, 20 yoshli futbolchini tarkibiga qo'shib olish istagida "Barselona", Londonning "Arsenal" va "Chelsi" klublari, shuningdek "Liverpul" hamda "Manchester Yunayted" bor.
Ehtimoliy transfer qiymati 35–40 million yevro atrofida baholanmoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda Palestra 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Transfermarkt portali esa futbolchining bozor qiymatini 8,5 million yevroga teng deb ko'rsatmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.