Michelda “Jirona” boshqaruvida 200 o'yinlik marraga yetdi

Michelda “Jirona” boshqaruvida 200 o'yinlik marraga yetdi
“Jirona” yakshanba kuni o'z maydonida muxlislarini ranjitdi. Michel boshchiligidagi jamoa La Liga doirasida “Atletiko”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bu uchrashuv 50 yoshli mutaxassis uchun “Jirona” bosh murabbiyi sifatidagi 200-rasmiy o'yin bo'ldi. Biroq yubiley bahsidagi natija qoniqarsiz chiqdi.

Michel qo'l ostida o‘tkazilgan 200 o'yinda “Jirona” 85 g'alaba, 39 durang va 76 mag'lubiyat qayd etdi. Hozirda “Jirona” La Liga turnir jadvalida 18-o'rinda bo'lib, quyi ligaga tushib ketish xavfi bo'lgan hududda turibdi.

Jamoa navbatdagi chempionat uchrashuvini 4-yanvar kuni safarda “Mallorka”ga qarshi o'tkazadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar