date

Inter Bastoni bilan shartnoma uzaytirish bo'yicha muzokara boshlaydi


Milaning “Inter” klubi markaziy himoyachi Alessandro Bastoni bilan shartnomani uzaytirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, italiyalik futbolchi “Barselona”ning transfer ro‘yxatidan joy olgan.

Biroq Bastonining o‘zi bir necha bor “neradzurrilar” safini tark etishni istamasligini ta’kidlagan. Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko‘ra, yaqin haftalarda “Inter” Bastoniga yangi shartnoma taklif qiladi.

Klub rahbariyati 26 yoshli himoyachini loyiha uchun muhim figura deb biladi, futbolchining o‘zi ham jamoalardagi o‘rnidan mamnun. Alessandro Bastonining amaldagi kelishuvi 2028 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

“Atalanta” tarbiyalanuvchisining transfer qiymati Transfermarkt portali tomonidan 80 million yevroga baholanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Bastoni bilan shartnoma uzaytirish bo'yicha muzokara boshlaydi