Bubnov Safonovga PSJdagi kelajagi bo‘yicha maslahat berdi

Moskvaning «Spartak» klubi sobiq himoyachisi, hozirda futbol eksperti Aleksandr Bubnov rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning Fransiyaning «PSJ» klubidagi keyingi faoliyati haqida fikr bildirdi. «PSJ»dagi hozirgi vaziyatda unga hech narsa qilishning hojati yo‘q.
Chunki xolis aytganda, bu darvozabon — Shevalye — undan kuchliroq emas. Shoshilmasin.
U o‘ynaydi», — dedi ekspert «Komment.Shou» YouTube kanalida. Eslatib o‘tamiz, Qit’alararo kubokning «Flamengo»ga qarshi o‘yinida Safonov qo‘lini sindirib olgan.
Jarohat sabab rossiyalik darvozabon bir necha haftani o‘tkazib yuboradi. Matveyning parijliklar bilan shartnomasi 2029 yil yozida yakunlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing