date

Ashvetiya Kvaratsxeliya va Safonovni PSJ tayanchi deb atadi


Sobiq «Lokomotiv» futbolchisi Mixail Ashvetiya Rossiyada to‘p surib o‘tgan «PSJ» futbolchilari haqida fikr bildirdi. Ashvetiya nazarida darvozabon Matvey Safonov va yarim himoyachi Xvicha Kvaratsxeliya Parij jamoasi uchun tayanch futbolchilar hisoblanadi.

«Xvicha va Safonov — «PSJ» uchun tayanch futbolchilar. Kvaratsxeliyani dunyoning eng yaxshi vingeri deb atash mumkin.

Safonov ham zo‘r. Unda «PSJ»ning asosiy darvozaboni bo‘lib uzoq vaqt qolish uchun barcha imkoniyatlar bor», — deya Ashvetiya so‘zlarini Metaratings keltirdi.

Ashvetiya, shuningdek, kelajakda Kvaratsxeliya o‘z orzusini ro‘yobga chiqarib, Madridning «Real» klubiga o‘tishi mumkinligini ham ta’kidladi. «PSJ» 2025 yilda olti sovrinni qo‘lga kiritdi.

Luis Enrike boshchiligidagi jamoa Fransiya chempionati, Fransiya kubogi, Fransiya superkubogi, Chempionlar ligasi, UEFA superkubogi va Qit’alararo kubokda g‘olib bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ashvetiya Kvaratsxeliya va Safonovni PSJ tayanchi deb atadi