
Mahalliy sharhlovchi Dmitriy Guberniyev 2025 yil yakunlanar ekan, Rossiya futbolidagi eng muhim yutuqlar haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, bu borada «PSJ» darvozaboni Matvey Safonovning natijalari alohida ajralib turadi.
«Futbolchimiz Yevropa chempionlari kubogi sohibiga aylandi. U kubokni boshidan yuqoriga ko‘targan besh futbolchidan biri bo‘ldi.
Albatta, penaltilar seriyasidagi uning fantastik 4 seyvini ham shubhasiz ta’kidlash kerak», — deya Guberniyevning so‘zlarini «Sovetskiy sport» keltiradi. «PSJ» Yevropaning eng nufuzli klub turnirida g‘olib chiqib, finalda Milan «Inter»ini 4:0 hisobida yirik mag‘lub etdi.
17 dekabr kuni Safonov braziliyalik «Flamengo»ga qarshi o‘yinda Qit’alararo kubokni ham qo‘lga kiritdi va o‘yindan keyingi 11 metrlik zarbalar seriyasida o‘zini muvaffaqiyatli ko‘rsatdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.