Real va Manchester Siti Maykl Olisega qiziqish bildirmoqda

Qisqacha
Maykl Olise «Real» va «Manchester Siti» klublari qiziqish doirasiga tushdi. Biroq «Bavariya» 24 yoshli vinger bilan xayrlashmoqchi emas, uning shartnomasi 2029 yil o‘rtalarigacha amal qiladi. Olise 2025/2026 yilgi mavsumda 25 ta o‘yinda 10 ta gol urib, 14 ta golli uzatma berdi. «Bavariya» Germaniya chempionatida peshqadam bo‘lib, Dortmundning «Borussiya»si undan 9 ochko ortda qolmoqda.
Insayder Kristian Falk o‘z saytida «Bavariya» vingeri Maykl Olisega top-klublar qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumot berdi. Falkning aytishicha, Olise «Real» va «Manchester Siti» radarida.
Shu bilan birga, «Bavariya» 24 yoshli Olise bilan xayrlashmoqchi emasligi ta’kidlanmoqda. Amaldagi shartnoma futbolchini Myunxen klubi bilan 2029 yil o‘rtalarigacha bog‘lab turibdi.
2025/2026 yilgi mavsumda Maykl Olise 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va jamoadoshlariga 14 ta golli uzatma berdi. «Bavariya» Germaniya chempionatida peshqadam.
Ikkinchi o‘rindagi Dortmundning «Borussiya»si 9 ochko ortda bormoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Shu bilan birga, «Bavariya» 24 yoshli Olise bilan xayrlashmoqchi emasligi ta’kidlanmoqda. Amaldagi shartnoma futbolchini Myunxen klubi bilan 2029 yil o‘rtalarigacha bog‘lab turibdi.
2025/2026 yilgi mavsumda Maykl Olise 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va jamoadoshlariga 14 ta golli uzatma berdi. «Bavariya» Germaniya chempionatida peshqadam.
Ikkinchi o‘rindagi Dortmundning «Borussiya»si 9 ochko ortda bormoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…