Neres: Chempionatda ham o‘yinimizni kuchaytirishimiz kerak

Neres: Chempionatda ham o‘yinimizni kuchaytirishimiz kerak
Braziliyalik yarim himoyachi David Neres Italiya Superkubogi finalida bosh qahramonga aylandi: u «Bolonya» darvozasiga ikki gol urib, klubiga yana bir sovrinni taqdim etdi. O‘yindan so‘ng u o‘z fikr va hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Albatta, xursandman: dubl qayd etdim, ammo umumiy g‘alaba muhimroq. Biz sovrinni qo‘lga kiritdik.

Balki bu bizga chempionatda ham o‘yinimizni kuchaytirishga yordam berar. Buni «Kremoneze»ga qarshi keyingi o‘yindanoq boshlashimiz kerak», — deya braziliyalik futbolchining so‘zlarini calcionapoli1926.it keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, «Napoli» 1991 va 2014 yillardagi g‘alabalardan so‘ng Italiya Superkubogini uchinchi bor yutdi. Neres 2024 yilda Neapolga ko‘chib o‘tgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar