19:47 / 10.02.2017
7 666

“Surxon” futbol jamoasi qayta tashkil etildi

“Surxon” futbol jamoasi qayta tashkil etildi

Kuni kecha Surxondaryo viloyatida “Surxon” (Termiz) professional futbol klubini qayta tiklash masalasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, viloyat futbol federasiyasi, “Surxon” ( Termiz) professional futbol klubi, “Neftchi” (Jarqo‘rg‘on) futbol klubi rahbarlari, murabbiylar, shahar va tuman hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari hamda boshqa mutasaddi muassasalar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi, deb yozadi Qalampir sayti.

Yig‘ilishni viloyat hokimi, viloyat futbol federasiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov olib borar ekan, federasiya faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, bugungi kunda futbol ommaviyligini oshirish va rivojlantirish, professional futbolning moddiy-texnik bazasini shakllantirish bo‘yicha mavjud muammolar ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilishda, 2016 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, o‘tish turnirida munosib qatnashgan “Neftchi” jamoasi birinchi ligaga yo‘llanma olgan bo‘lsa-da, uy uchrashuvlarni o‘tkazish uchun Jarqo‘rg‘on tumanida yaratilgan shart-sharoitlar, sport bazasi va stadioni O‘zbekiston Professional futbol ligasi talablariga javob bermasligi qayd etib o‘tildi.

Shu tufayli viloyat hokimligi viloyat futbol federasiyasi va “Neftchi” futbol klubi rahbariyati bilan kelishilgan holda mamlakat birinchi ligasida 2017 yilgi mavsumda “Surxon” (Termiz) professional futbol klubi qatnashishi ma’lum qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Surxon” futbol jamoasi qayta tashkil etildi