
Madridning "Real" klubi va Vinisius Junior hali ham shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgani yo‘q. 25 yoshli futbolchining amaldagi bitimi yana bir yarim yildan keyin yakunlanadi.
Bu esa joriy mavsum tugagach, yulduz futbolchini sotib yuborish ehtimoli borligi haqidagi mish-mishlarni kuchaytirmoqda. Jurnalist Migel Anxel Dias ma’lumotiga ko‘ra, Vinisius atrofidagilar "qaymoqranglilar" bilan muzokara olib borishga shoshilmayotganini ochiq bildirib qo‘ymoqda.
Tomonlar kelishuv shartlarini muvofiqlashtirishda qiynalishi mumkin. Transfermarkt portali Vinisius Juniorning bozor qiymatini 150 mln yevroga baholagan.
Hujumchiga Saudiya Arabistoni klublari hamda Yevropaning top chempionatlaridagi grand jamoalar qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.