Chukvueze Konseysau va Allegri o‘rtasidagi farqni tushuntirdi

Chukvueze Konseysau va Allegri o‘rtasidagi farqni tushuntirdi
Angliyaning «Fulhem» klubida ijara asosida to‘p surayotgan Samuel Chukvueze «Milan»ning sobiq va amaldagi bosh murabbiyi o‘rtasidagi farqni izohladi. Huquqlari hanuz «Milan»ga tegishli bo‘lgan nigeriyalik hujumchi shunday dedi: «Har bir murabbiyning o‘z uslubi va o‘z g‘oyalari bor.

Konseysauning g‘oyalari Allegri g‘oyalaridan farq qiladi. Falsafasi ham boshqacha.

Ularni umuman solishtirish qiyin», — deya Chukvueze so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi. Hozir «rossoneri» Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

«Milan» oxirgi bor 2022 yilda Italiya chempioni bo‘lgan, o‘shanda jamoani Stefano Pioli boshqargan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar