date

Liverpul yangi yarim himoyachi uchun 15 million taklif qilmoqchi


Braziliyaning "Gremio" klubida to'p surayotgan 17 yoshli vinger Gabriel Mek Angliya Premyer-ligasining top-klubiga o'tish imkoniyatiga ega. Insayder Fabio Vargas ma'lumotlariga ko'ra, hujumkor yarim himoyachini tarkibiga qo'shib olishga APLning amaldagi chempioni — "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.

Mersisaydliklar futbolchi uchun braziliyaliklar tomoniga 15 million yevro taklif qilishga tayyorlanmoqda. Biroq "Gremio" rahbariyati Gabriel uchun bundan ko'proq mablag' ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Angliya chempionatining 17 turidan so'ng "Liverpul" 29 ochko jamg'argan va turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liverpul yangi yarim himoyachi uchun 15 million taklif qilmoqchi