date

Isroil Madrimovning navbatdagi janggi qachon va qayerda bo‘ladi?

Isroil Madrimovning navbatdagi janggi qachon va qayerda bo‘ladi?

2026 yil 24 yanvar kuni AQSHning Las-Vegas shahri professional boks muxlislari uchun yana bir shov-shuvli oqshomga mezbonlik qiladi. Mazkur turnirda hamyurtimiz, o‘zbekistonlik iqtidorli bokschi Isroil Madrimov ham ringga ko‘tarilib, navbatdagi muhim jangini o‘tkazadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Madrimov Dominikan Respublikasi vakili Luis David Salazarga qarshi bahs olib boradi. Har ikki sportchi ham professional faoliyati davomida munosib natijalarga erishgan. Isroil Madrimov hozirga qadar 12 ta jang o‘tkazib, shundan 10 tasida g‘alaba qozongan, 7 ta jangni nokaut bilan yakunlagan. Uning bo‘lajak raqibi Luis David Salazar esa 21 ta jangda qatnashib, 20 marta g‘alaba qozongan va 7 ta nokautni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.

Bu to‘qnashuv Madrimov uchun alohida ahamiyatga ega. Sababi, u so‘nggi marta 22 fevral kuni amerikalik Virjil Ortizga qarshi ringga chiqqan va keskin kurashlarga boy jangda ochkolar bo‘yicha mag‘lub bo‘lgan edi. Shu bois, Las-Vegasdagi bahs Isroil uchun o‘z mavqeini yanada mustahkamlash, chempionlik poygasida qolish va muxlislar ishonchini oqlash imkoniyati sifatida qaralmoqda.

Boks ixlosmandlari ushbu jangdan katta intriga kutmoqda. Madrimovning tajribasi, jismoniy tayyorgarligi va xarakterini inobatga olsak, u bu safar ringda bor kuchini ishga solishi aniq. Las-Vegasdagi oqshom o‘zbek boksi uchun yana bir muhim sinov bo‘lishi shubhasiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimovning navbatdagi janggi qachon va qayerda bo‘ladi?