
Fransiyalik sharhlovchi Tangi le Sevilye rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning PSJdagi kelajagi haqida fikr bildirdi. "Safonov yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va agar qo‘li sinmaganida, ehtimol darvozada o‘ynashda davom etardi.
Ammo endi Shevalye qaytadi: u asta-sekin sport formasini tiklayapti va Parijga qarshi o‘yinda maydonga tushishga tayyor bo‘ladi. O‘ylashimcha, umumiy hisobda 80/20 nisbatda asosiy darvozabon Shevalye bo‘ladi, lekin u xatolarga yo‘l qo‘ysa, bu ko‘rsatkichlar 55/45 ga yaqinlashadi", — deya jurnalist so‘zlarini "Yevro-Futbol.Ru" nashri keltiradi.
Safonov yaqinda "Flamengo"ga qarshi o‘tgan Qit’alararo kubok o‘yinining (1:1) eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Penaltilar seriyasida rossiyalik darvozabon to‘rtta zarbani qaytardi va parijliklarga g‘alabani taqdim etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.