date

Bergomi: Fyullkrug «Milan»da asosiy o‘yinchi bo‘lmaydi


«Inter»ning tajribali sobiq futbolchisi Juzeppe Bergomi «Milan»ning yangi transferi — germaniyalik hujumchi Niklas Fyullkrug haqida fikr bildirdi. U Fyullkrugni asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida ko‘rmasligini aytdi, chunki uningcha, Rafael Leau va Kristian Pulishich baribir hujumdagi yetakchilar bo‘lib qoladi.

«Menimcha, bu yaxshi transfer bo‘ladi, ammo «Milan»ning hozirgi o‘yin tizimida Leau va Pulishich baribir asosiy o‘yinchilar bo‘lib qoladi. Lekin ayrim uchrashuvlarda uning fazilatlari ko‘proq foyda berishi mumkin», — deya Bergomining so‘zlarini pianetamilan.it keltiradi.

Hozirda «Milan» Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bergomi: Fyullkrug «Milan»da asosiy o‘yinchi bo‘lmaydi