date

Myuller 17 yoshli Karlning «Bavariya»dagi yutug‘ini tushuntirdi


«Bavariya» afsonasi Tomas Myuller klubning porlayotgan yulduzi Lennart Karlning iste’dodini yuqori baholadi. 17 yoshli hujumkor yarim himoyachi myunxenliklar safida muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda.

Vunderkind joriy mavsumda allaqachon 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi. «Karlning zarba texnikasi shunchaki ajoyib.

U hujumlarni juda yaxshi yakunlaydi — bu esa jiddiy ustunlik, chunki agar sen «Bavariya» hujumida o‘ynasang va yetarlicha chaqqon hamda serg‘ayrat bo‘lsang, albatta gol urish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Shu sabab uning gollari tasodif emas.

Karlning kelajagini belgilaydigan savol shundan iborat: u qanchalik tez-tez qulay pozitsiyalarga chiqadi, o‘zi uchun vaziyatlar yarata oladimi. Misol uchun eski tanishimiz Podolskini olaylik: to‘p chap oyoq bilan zarba berish uchun qulay joyga kelishi bilan u shunchaki “bum” qilardi.

Biroq dunyoning eng zo‘r futbolchilari bilan solishtirganda, u yetarlicha tez-tez qulay zarba nuqtalariga chiqmasdi», — dedi Süddeutsche Zeitung nashriga bergan intervyusida «Vankuver Uaytkeps»ning 36 yoshli hujumchisi. Eslatib o‘tamiz, Tomas Myuller o‘tgan yozda «Bavariya»ni tark etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Myuller 17 yoshli Karlning «Bavariya»dagi yutug‘ini tushuntirdi