Goretska «Bavariya»dan «Atletiko»ga o‘tishi mumkin

«Bavariya» yarim himoyachisi Leon Goretska Madridning «Atletiko» klubiga o‘tish ehtimolini istisno qilmayapti. AS xabariga ko‘ra, «matraschilar» 30 yoshli futbolchini safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda.
Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunlangach tugaydi. Manbaga ko‘ra, futbolchi «Atletiko»ga ko‘chib o‘tishga tayyor, biroq kelajagi borasida hali yakuniy qaror qabul qilmagan.
Shuningdek, «Bavariya» Leon Goretskaga maoshini kamaytirgan holda shartnomani uzaytirishni taklif qilishi mumkin. Bunda yarim himoyachi zaxira futbolchisi roliga ham rozi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.
Transfermarkt portalida nemis futbolchisining narxi 15 mln yevroga baholanmoqda. Avvalroq unga «Yuventus» va «Fenerbahche» qiziqish bildirgani haqida ham xabarlar tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing