Chicago Fire Robert Lewandowski va Leon Goretzka transferi ustida ishlamoqda

Chicago Fire Robert Lewandowski va Leon Goretzka transferi ustida ishlamoqda

MLS vakili Chicago Fire klubi yozgi transfer oynasida haqiqiy shov-shuv ko'tarishni rejalashtirmoqda. AQSH klubi ayni damda Bavariya sobiq yulduzlari Robert Lewandowski va Leon Goretzka bilan muzokaralar olib bormoqda. Barselona bilan shartnomasi yakuniga yetayotgan polshalik hujumchi allaqachon Chikagoga tashrif buyurgan va klub infratuzilmasi bilan tanishgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

The Athletic nashrining xabar berishicha, 37 yoshli Robert Lewandowski faoliyatini okean ortida davom ettirishga qiziqish bildirmoqda, biroq unga Saudiya Arabistoni klublaridan ham jiddiy takliflar bor. Leon Goretzka bilan bog'liq vaziyat esa biroz murakkabroq. Germaniya terma jamoasi a'zosi hozirda Julian Nagelsmann ixtiyorida bo'lib turibdi va unga Yevropaning bir qator grand jamoalari da'vogarlik qilmoqda.

Chicago Fire bosh murabbiyi Gregg Berhalter jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirishni istamoqda, ammo bu yerda tarkibni shakllantirish bo'yicha qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Jamoaning asosiy hujumchisi Hugo Cuypers joriy mavsumda 13 ta gol urib, MLS yulduzlari o'yiniga taklif etilgan. Berhalter odatda bitta markaziy hujumchi bilan o'ynashini inobatga olsa, Robert Lewandowski va Cuypersni bir vaqtda maydonga tushirish taktik muammo tug'dirishi mumkin.

Shuningdek, MLS qoidalari bo'yicha "Designated Player" (DP) maqomidagi o'yinchilar soni cheklangan. Agar Chicago Fire har ikki yulduzni ham tarkibga qo'shib olmoqchi bo'lsa, ulardan biri maosh cheklovlariga tushadigan oddiy shartnomaga rozi bo'lishi kerak. Avvalroq Thomas Müller ham Vancouver Whitecaps safiga aynan shunday shartlar asosida qo'shilgan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar