
Fransiyaning sobiq taniqli futbolchisi Frank Lebyo'f Madridning «Real» klubi markaziy hujumchisi Kilian Mbappening joriy mavsumdagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi. Mutaxassis Mbappeni hujumlarni yakunlashda juda sifatli futbolchi deb hisoblaydi, biroq jamoaviy o‘yin jihatida unda ba’zan muammolar bo‘lishini ta’kidladi.
«Men undan hali ham biroz ko‘proq narsani kutyapman — masalan, u to‘pni yo‘qotganda, ozgina, juda ozgina ortga qaytib, jamoadoshlariga yordam bermoqchi ekanini ko‘rsatsa», — deya Lebyo'fning so‘zlarini Goal keltirdi. Joriy mavsumda «qaymoqranglilar»ning eng yaxshi to‘purari barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.