date

"Yuventus" qishda markaziy himoyachi xarid qilishni rejalashtiryapti

"Yuventus" qishda markaziy himoyachi xarid qilishni rejalashtiryapti
"Yuventus" klubi qishki transfer oynasida yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashni ko‘zlamoqda. Turinliklar qisqa ro‘yxatidan "Milan" futbolchisi Koni de Vinter, "Sassuolo"dan Tarik Muharemovich, "Tottenhem"dan Radu Dragushin va "Brayton"dan Diego Koppola o‘rin olgan.

Bu haqda jurnalist Mirko di Natale xabar berdi. Transfermarkt portali ushbu futbolchilarning qiymatini mos ravishda 20, 14, 22 va 10 million yevroga baholagan.

"Yuventus" A Seriya turnir jadvalida 16-turdan so‘ng beshinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa shanba kuni Luciano Spalletti boshchiligida "Piza"ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Yuventus" qishda markaziy himoyachi xarid qilishni rejalashtiryapti