date

Messi 2025 yilda eng ko'p assist qilgan futbolchilar orasida ikkinchi o'rinda

Messi 2025 yilda eng ko'p assist qilgan futbolchilar orasida ikkinchi o'rinda
Transfermarkt portali 2025 yilda dunyo bo'ylab oliy ligalarda o'ynagan futbolchilar orasida eng ko'p golli uzatma berganlar reytingini e'lon qildi. Birinchi o'rinni "Bavariya" vingeri Maykl Olise egalladi — u 66 o'yinda 30 ta assist qayd etdi.

Ikkinchi pog'onada "Inter Mayami" futbolchisi Lionel Messi — 54 uchrashuvda 29 ta golli pas. Kuchli uchlikni "Barselona" vakili Lamin Yamal yakunladi — u 60 o'yinda 27 ta assist berdi.

To'rtinchi o'rinda "Al-Ahli" futbolchisi Riyod Marez (25), beshinchi o'rinni esa "Bazel"dan Jerdan Shakiri va "Al-Hilol"dan Salem al-Dosari bo'lishdi — har biri 24 tadan golli uzatma amalga oshirgan. Reytingga terma jamoalar uchun o'tkazilgan o'yinlar ham kiritilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi 2025 yilda eng ko'p assist qilgan futbolchilar orasida ikkinchi o'rinda