date

Pak Ji Sun murabbiylik faoliyatini o‘ziga mos deb hisoblamaydi

Pak Ji Sun murabbiylik faoliyatini o‘ziga mos deb hisoblamaydi
Janubiy Koreya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Pak Ji Sun murabbiy bo‘lishni istamasligini aytdi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, u sharhlovchi, klub elchisi va texnik direktor sifatida o‘zini sinab ko‘rdi.

Murabbiylik borasidagi yagona qadami yoshlar jamoasini boshqarish uchun litsenziya olish bo‘ldi. U "Kuinz Park Reynjers"da atigi bir necha oy ishlagan.

"Murabbiy yoki administrator sifatida men doim bu ish mening xarakterimga mos keladimi, deb o‘ylayman. Jamoani boshqarishda hammasi joyida deb aytishning o‘zi yetarli emas.

Zarur paytda sovuqqon bo‘lish kerak. Muvofiq muhit yaratish uchun ba’zan jahldor bo‘lishni ham bilish lozim.

Men bu rolga mos inson emasman", — dedi Pak Ji Sun Captain Pachucho YouTube kanalida. Pak Ji Sun "Manchester Yunayted" safida 205 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol urgan va 28 ta golli uzatma amalga oshirgan.

U, shuningdek, Janubiy Koreya terma jamoasida 102 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol muallifi bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pak Ji Sun murabbiylik faoliyatini o‘ziga mos deb hisoblamaydi