Messi ChatGPT'dan shaxmat maslahati so‘radi: sun’iy intellekt nima tavsiya qildi?

Futbol yulduzi Lionel Messi ChatGPT'dan o‘zining o‘yin uslubiga mos shaxmat debyutini tanlab berishni so‘radi. Sun’iy intellekt unga kutilmagan nomga ega bo‘lgan — «Goat Horns» debyutini tavsiya qildi.
Ushbu ochilish usuli raqibni g‘ayrioddiy yurishlar bilan hayratda qoldirish va kutilmagan vaziyatlarni yuzaga keltirishga qaratilgan. Asosiy maqsad — raqibni odatiy strategiyasidan chetga chiqarib, uni murakkab qarorlar qabul qilishga majburlash.
Qizig‘i shundaki, ingliz tilidagi «GOAT» qisqartmasi «barcha davrlarning eng zo‘ri» degan ma’noni anglatadi. Bu ibora ko‘pincha Messiga nisbatan ham qo‘llanadi.
Shu tariqa, ChatGPT tanlagan debyutning nomi futbol yulduzining mashhur laqabi bilan uyg‘un keldi.






























Izohlar 0
…