Nkunku Saudiya klublari takliflarini rad etganini bildirdi

Nkunku Saudiya klublari takliflarini rad etganini bildirdi
Fransuz hujumchisi Kristofer Nkunku Saudiya Arabistoni chempionati klublari e'tiborida. Bu haqda jurnalist Antonio Vityello xabar berdi.

Manbaga ko'ra, forvard bir nechta taklif olgan, biroq ularni rad etgan. Hozirda fransuz futbolchisi Yaqin Sharqqa transferga qiziqmayapti.

Kristofer Milan klubida o'ynashni davom ettirmoqchi. Nkunkuning transfer narxi 32 million yevroni tashkil etadi.

U "rossoneri" bilan 2030 yil o'rtalarigacha shartnoma imzolagan. Joriy mavsumda hujumchi "Milan" safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar