date

Napoli Mastantuono uchun "Real"ga 50 mln yevro taklif qilmoqchi

Napoli Mastantuono uchun "Real"ga 50 mln yevro taklif qilmoqchi
Argentina yarim himoyachisi Franko Mastantuono Madridning "Real" klubini tark etib, faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. 18 yoshli хавбекни amaldagi A Seriya chempioni — "Napoli" o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.

Defensa Central xabariga ko‘ra, Italiya top-klubi rahbariyati Mastantuononi sotib olish uchun 50 million yevro ajratishga tayyor. "Real" esa yangi futbolchisi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti va mavsumning ikkinchi yarmida ham unga tayanmoqchi.

Joriy mavsumda argentinalik futbolchi "Real" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Frankoning klub bilan shartnomasi 2031 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Napoli Mastantuono uchun "Real"ga 50 mln yevro taklif qilmoqchi