date

Real Modrich ketgach ijodkor yarimhimoyachi izlamoqda

Real Modrich ketgach ijodkor yarimhimoyachi izlamoqda

Madridning “Real” klubi Luka Modrich jamoani tark etganidan keyin markaziy chiziqni kuchaytirish zarurligini ochiq anglamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Xorxe Pikonning ma’lumotiga ko‘ra, “qirollik klubi” o‘tgan mavsumdayoq xorvat futbolchining o‘rnini bosa oladigan ijodkor yarimhimoyachi topishga urinib ko‘rgan, biroq ko‘rib chiqilgan variantlarning hech biri rahbariyatni to‘liq qoniqtirmagan.

Qimmat futbolchilar klub budjetiga sig‘magan, nisbatan arzonroq yosh nomzodlar esa talab etilgan darajaga javob bermagan. Bu rol uchun Arda Gyuler va Jud Bellingem ham sinab ko‘rilgan: Gyuler hozircha bunday mas’uliyatni to‘liq ko‘tara oladigan darajada emas, Bellingem esa ko‘proq hujumni yakunlovchi futbolchi sifatida ko‘rinmoqda.

“Real”ning asosiy nishoni “PSJ” yarimhimoyachisi Vitinya bo‘lib qolmoqda, ammo hozircha bu transfer juda qiyin amalga oshadigan bitim sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Modrich ketgach ijodkor yarimhimoyachi izlamoqda