Barselona Vlahovichni transfer qilishga kirishdi

Barselona Vlahovichni transfer qilishga kirishdi

Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Dushan Vlahovich kelasi yillarda A Seriyani tark etib, La Ligaga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, serbiyalik markaziy hujumchiga Kataloniyaning «Barselona» klubi qiziqish bildirmoqda va tomonlar ehtimoliy transfer bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. «Ko‘k-anorranglilar» futbolchini 2026 yil yozida erkin agent sifatida tarkibga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘zlamoqda. Vlahovich 37 yoshli Robert Levandovskiga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda.

Italiya chempionatining joriy mavsumida Vlahovich 13 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar