date

Dembele yil futbolchisi mukofotidan keyin nutq so'zladi

Dembele yil futbolchisi mukofotidan keyin nutq so'zladi

PSJ hujumchisi Usman Dembele Globe Soccer Awards marosimida yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini olganidan so'ng sahnada nutq so'zladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fransuz futbolchi bu e'tirofga olib kelgan yo'l oson bo'lmaganini, jarayonda jamoaviy hamda shaxsiy sinovlar ko'p uchraganini ta'kidladi. Dembele muvaffaqiyatida katta o'rin tutgan jamoadoshlari, klub rahbariyati va murabbiylar shtabiga minnatdorlik bildirdi.

— Faoliyatimda jarohatlar sabab og'ir davr bo'ldi, ammo o'zimning vaqtim kelishini bilardim, — dedi Dembele.

Shuningdek, u mavsum davomida doimo yonida bo'lgan oila a'zolari va yaqinlarining qo'llab-quvvatlovi alohida ahamiyatga ega bo'lganini qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dembele yil futbolchisi mukofotidan keyin nutq so'zladi