date

Safonov qoʻl jarohatidan soʻng PSJ mashgʻulotlariga qaytadi

Safonov qoʻl jarohatidan soʻng PSJ mashgʻulotlariga qaytadi

Rossiyalik darvozabon Matvey Safonov 30 dekabr kuni PSJning umumiy guruhdagi mashgʻulotlariga qoʻshiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Le Parisien jurnalisti Adrien Shantagl maʼlumotiga ko‘ra, Safonov «Flamengo»ga qarshi Qitʼalararo kubok finalida olgan qoʻl sinishidan keyin aynan ertadan jamoa bilan ishlashni boshlaydi. O‘sha bahsda u penaltilar seriyasida to‘rtta zarbani qaytarib, ajralib turgandi. Shuningdek, «Flamengo» bilan o‘yinda jarohat olgan yarim himoyachi Li Kan In ham mashgʻulotlarga qaytadi.

Safonov 2024 yil yozida «Krasnodar»dan PSJga 20 million yevro evaziga o‘tgandi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda darvozabon parijliklar safida 4 uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol o‘tkazib yubordi va 2 o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Safonov qoʻl jarohatidan soʻng PSJ mashgʻulotlariga qaytadi