date

Real Kurtuaga uzoq muddatli o'rinbosar topdi

Real Kurtuaga uzoq muddatli o'rinbosar topdi

Shvetsiyaning «Elfsborg» klubi darvozaboni Simon Eriksson Madridning «Real» jamoasi e'tiborini tortdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Transfer News Live Defensa Central manbasiga tayangan holda xabar berishicha, ispaniyalik grand 19 yoshli posbonni Tibo Kurtuaga «ideal uzoq muddatli o'rinbosar» sifatida ko'rib chiqmoqda. «Qirollik klubi» vakillari shved iqtidorining o'sishini kuzatishda davom etadi va yaqin kelajakda uni o'z safiga og'dirishga ham urinishi mumkin.

Eriksson o'tgan Shvetsiya chempionati mavsumida «Elfsborg» safida 20 o'yinda maydonga tushib, jami 30 ta gol o'tkazib yubordi. Transfermarkt bahosiga ko'ra, darvozabonning bozor qiymati 500 ming yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Kurtuaga uzoq muddatli o'rinbosar topdi