
Italiya A Seriyasining 17-tur yakuniy uchrashuvida «Roma» o'z maydonida «Jenoa»ni ishonchli tarzda mag'lub etdi. Mezbonlar tanaffusga qadar uchta gol urib, o'yin taqdirini birinchi bo'limning o'zidayoq hal qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Poytaxt klubi bosh murabbiyi Jan P'ero Gasperini uchrashuvdan so'ng jamoa startda texnik xatolarga yo'l qo'yganini, biroq keyinroq hujumda keskinlikni oshirib, ko'plab xavfli vaziyatlar yaratganini ta'kidladi. Mutaxassis ikkinchi taym yanada sifatli bo'lishini istaganini, ammo birinchi bo'limda uch gol urilgach, o'yin sur'ati pasayib ketgani tushunarli ekanini aytdi.
Ushbu g'alaba «Roma»ga A Seriya turnir jadvalida yana to'rtinchi o'ringa qaytish imkonini berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.