Mareska Chelsi imkon qadar tez g'alaba yo'liga qaytishi kerak

"Chelsi" bosh murabbiyi Enso Mareska APLning navbatdagi turida "Bornmut"ga qarshi bo'ladigan bahs oldidan jamoasidan nimalarni kutayotganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Ko'klar" bugun "Stemford Bridj"da "giloslar"ni qabul qiladi. Uchrashuv 00:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
"Bizga albatta g'alaba kerak. Yilni imkon qadar yaxshi yakunlash juda muhim. Oldimizda odatdagidek qiyin o'yin turganini tushunamiz, ammo imkon qadar tezroq yutishni boshlashimiz shart", — dedi Mareska matbuot anjumanida.
"Chelsi" Angliya chempionatidagi so'nggi olti o'yinning atigi birida zafar quchgan. 18 turdan keyin londonliklar turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.































Izohlar 0
…