
"Yuventus"ning sobiq yarim himoyachisi Miralem Pyanich hozirda "Milan"ni boshqarayotgan Massimiliano Allegri haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pyanichning ta'kidlashicha, Allegri yuqori maqsadlarni ko'zlaganlar uchun ishonchli tanlov. U murabbiyning "Milan"da ham ishlar yurishiga avvaldan ishonganini aytib, Maks futbolchilarga o'zini erkin va yaxshi his qildira olishini qo'shimcha qildi. Bu fikrlarni jurnalist Nikolo Skira keltirdi.
Eslatib o'tamiz, Allegri joriy yil yozida "Milan" bosh murabbiyi etib tayinlanib, ikki mavsumga mo'ljallangan shartnoma imzolagan. A Seriyaning 16 turidan so'ng jamoa 35 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
2 yanvar kuni "Milan" safarda "Kalyari"ga qarshi maydonga tushadi. 18-tur uchrashuvi 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.