Ronaldu va Felish Al-Nasr safida asosiy tarkibda tushadi

Ronaldu va Felish Al-Nasr safida asosiy tarkibda tushadi

Seshanba oqshomida Saudiya Arabistoni chempionatida “Al-Ittifaq” va “Al-Nasr” jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Ar-Riyod klubi bosh murabbiyi Jorje Jezush uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlaydigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Al-Akidi, al-Ganam, al-Amri, Martines, al-Nasser, Brozovich, Anjelo, Koman, Uesli, Felish, Ronaldu.

Shunday qilib, “Al-Nasr” hujumida portugaliyalik yulduzlar — Joau Felish va Krishtianu Ronaldu tandemi asosiy kuch bo‘lib maydonga chiqadi.

Uchrashuv 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bahs tafsilotlarini matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin bo‘ladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar