
Ilgari “Milan”ni ham boshqargan taniqli murabbiy Fabio Kapello “Inter” Kristian Kivu kelganidan keyin yanada pragmatik futbol o‘ynay boshlaganini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kapello bunga misol sifatida “Atalanta”ga qarshi uchrashuvni keltirdi: milanliklar o‘yinda minimal hisobdagi g‘alabani ushlab qolishga urg‘u berdi.
Mutaxassis o‘yin oxirida yuz bergan epizodni alohida qayd etdi. Uning aytishicha, Kivu yakunda Lautaroni maydondan olib, uning o‘rniga yarim himoyachini tushirdi. Kapelloga ko‘ra, bu hisobni saqlab qolishga qaratilgan pragmatik qaror bo‘lib, “Inter”ning yaqin o‘tmishidagi uslubiga uncha xos emas.
Hozirda “Inter” A Seriya turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.