date

Oskar Damiani 2026 yilda A Seriyada ko'proq italiyaliklarni kutmoqda

Oskar Damiani 2026 yilda A Seriyada ko'proq italiyaliklarni kutmoqda

Italiyalik sobiq futbolchi Oskar Damiani 2026 yilda Italiya futbolidan nimalarni kutayotgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Unga ko'ra, 2025 yilning eng yorqin jamoasi sifatida "Napoli" ajralib turdi. Damiani esa keyingi mavsumda A Seriya klublari tarkibida italiyalik futbolchilar soni ko'payishini istaydi.

"Chempionatda legionerlar juda ko'p. Tushunaman, bu globallashuv, ammo men baribir an'anaviy qadriyatlarga ko'proq o'rganib qolganman", — deya Damianning so'zlarini calcionapoli1926.it keltiradi.

Eslatib o'tamiz, Damiani 1968—1986 yillar oralig'ida Italiya chempionatida to'p surgan, faoliyati davomida "Yuventus" va "Milan" kabi klublarda ham o'ynagan. 1974 yilda esa Italiya terma jamoasi safida ikki uchrashuvda maydonga tushgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Oskar Damiani 2026 yilda A Seriyada ko'proq italiyaliklarni kutmoqda