date

Rodri qaytdi: «Sanderlend»ga qarshi bahsdan keyin Pep uni maqtadi

Rodri qaytdi: «Sanderlend»ga qarshi bahsdan keyin Pep uni maqtadi

APLning 19-turida «Manchester Siti» «Sanderlend» maydonida 0:0 hisobida to‘xtab qoldi. Gol bo‘lmadi, ammo o‘yindan keyin Pep Gvardiola eng ko‘p gapirgan inson — Rodri bo‘ldi.

Ispaniyalik yarimhimoyachi tanaffusdan so‘ng maydonga tushdi va ikkinchi bo‘limda 45 daqiqa ichida 52 ta aniq pas uzatib, «Siti»ning o‘yiniga “havo” qo‘shdi. Gvardiolaga ko‘ra, 2024 yilgi «Oltin to‘p» sohibi jamoa harakatlarini bir zumda tartibga solgan.

«U o‘yinni o‘zgartirdi. 45 daqiqa ichidayoq o‘z pozitsiyasida eng yaxshisi ekanini isbotladi. To‘pni jarima maydonimizdan uzoqlashtirishga qiynaldik, Rodri bilan esa bu muammo ancha kamaydi. U chiziqlarni yorib o‘tdi, harakatimiz yaxshilandi. Bir yarim yil davomida uni juda sog‘indik va umid qilamanki, Rodri jamoada qolib, bizni yanada kuchliroq jamoaga aylantiradi», — dedi Pep.

Qisqasi, «Siti» g‘alabani ola olmadi, lekin Rodrining qaytishi “katta plyus” bo‘ldi. Bu durangdan keyin «shaharliklar» 41 ochkoga chiqdi va peshqadam «Arsenal» (45 ochko) bilan farq 4 ochkoga yetdi. Endi esa «Siti» uchun asosiy savol bitta: Rodri qaytdi — demak, yurish ham boshlanadimi?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rodri qaytdi: «Sanderlend»ga qarshi bahsdan keyin Pep uni maqtadi