date

Ponomaryov JCh kengaytirilishini tanqid qildi va FIFAni aybladi

Ponomaryov JCh kengaytirilishini tanqid qildi va FIFAni aybladi

Himoyachi sifatida to'p surgan sobiq futbolchi Vladimir Ponomaryov FIFA Jahon chempionatida ishtirokchilar soni ko'paytirilayotganiga munosabat bildirdi. 32 terma jamoa qatnashgan yetti turnirdan so'ng mundial ilk bor 48 jamoani birlashtiradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ponomaryovning fikricha, FIFA bu qaror bilan o'yinlar sonini ko'paytirib daromad olishni ko'zlagan, biroq aksincha natija bo'lishi mumkin. U kuchsiz jamoalarga yo'l ochilishi musobaqaga bo'lgan qiziqishni pasaytirishini ta'kidladi.

Avval CSKA va Sovet Ittifoqi terma jamoasida o'ynagan Ponomaryov reytingi past jamoalar mundialda sezilarli natija ko'rsatishiga ham shubha bilan qaradi.

2026 yilgi Jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanadada iyun—iyul oylarida bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ponomaryov JCh kengaytirilishini tanqid qildi va FIFAni aybladi