Gasilinga ko'ra, Milan ochko yo'qotishdan qiynalayapti

A Seriyada «Milan» bevosita raqiblarga qarshi uchrashuvlarda ishonchli ko'rinadi, biroq o'zidan kuchsizroq jamoalarga qarshi bahslarda kutilmaganda ochko boy berayotgani sezilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu fikrni «Zenit»ning sobiq hujumchisi Aleksey Gasilin bildirib o'tdi. Uning ta'kidlashicha, bunday manzara Massimiliano Allegri boshqaruvidagi jamoalarga xos uslubni eslatadi.
Gasilinga ko'ra, «Milan» oxirgi uchrashuvda g'alabani ushlab qoldi, undan avval esa «Parma» va «Piza» bilan durang o'ynagan. «Bu mavsumda ular raqobatchilarga qarshi yaxshi o'ynayapti, lekin o'zidan pastroq jamoalarga qarshi bahslarning so'nggi daqiqalarida gol o'tkazib yuborishmoqda», dedi u «Match TV» efirida.
Sobiq futbolchi ayni holat Allegri davridagi «Yuventus»da ham ko'p bor kuzatilganini qo'shimcha qildi.
«Kalyari» ustidan 1:0 hisobidagi g'alabadan so'ng «Milan» A Seriya turnir jadvalida vaqtincha peshqadamlikni qo'lga oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!