Como Udineze ustidan minimal hisobda g'alaba qozondi

Como 2026 yilni o'z maydonida Udineze ustidan qiyin kechgan 1:0 hisobidagi g'alaba bilan boshladi. Uchrashuv A Seriyaning 18-turi doirasida bo'lib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
18-daqiqada Alberto Moreno jarima maydonida Yakub Piotrovski tomonidan yiqitildi va hakam penalti belgiladi. Jamoa sardori Lukas Da Kunya 11 metrlik zarbani markazdan aniq ijro etib, hisobni ochdi.
56-daqiqada Nikolo Dzanyolo darvozabon Jan Byutezni ortda qoldirib gol urdi, biroq epizodda kichik ofsayd qayd etilgani uchun gol bekor qilindi. Oradan to'rt daqiqa o'tib, jarima maydonida to'pni egallab olgan Anastasios Duvikas kuchli zarba berdi, ammo to'p Udineze darvozasi to'siniga tegdi.
Ushbu g'alaba Como'ning Yevrokuboklar zonasi atrofidagi o'rnini mustahkamladi: jamoa 30 ochko bilan 6-pog'onada bormoqda. Udineze esa 22 ochko bilan 11-o'rinda qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!