date

"Paxtakor" Turkiyadagi yig‘inda qaysi klublar bilan o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

"Paxtakor" Turkiyadagi yig‘inda qaysi klublar bilan o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

«Paxtakor» klubi matbuot xizmati Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkaziladigan birinchi xorijiy yig‘inda jamoaning 3 ta nazorat bahsini o‘tkazishini ma’lum qildi. Bunga ko‘ra, 17-30 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan yig‘inda jamoa Shimoliy Makedoniyaning «Struga», Kosovoning «Prishtina» va Bolgariyaning «Botev» jamoalari bilan maydonga tushadi.

Klubning xabarida aytilishicha, «Struga» jamoasi hozirda Shimoliy Makedoniya chempionatida 2-o‘rinda bormoqda va 2 mavsum oldin ular mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan. «Prishtina» jamoasi ham o‘z chempionatining birinchi davrini vitse-chempion sifatida yakunladi. «Botev» esa Bolgariya chempionatining 11-o‘rnida turibdi.

Har bir o‘yin «Paxtakor» uchun muhim qadam bo‘lib, yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida jamoa qo‘lga kiritishi kerak bo‘lgan natijalardan biri hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" Turkiyadagi yig‘inda qaysi klublar bilan o‘ynashi ma’lum bo‘ldi