Fyullkryug Milan safida ilk o'yinda taassurot bildirdi

Germaniyalik hujumchi Niklas Fyullkryug «Milan» tarkibida debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Uning ilk o‘yini «Kalyari»ga qarshi bahsga to‘g‘ri keldi va Massimiliano Allegri boshchiligidagi jamoa 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan so‘ng Fyullkryug kayfiyati yuqori ekanini yashirmadi: «Ajoyib debyut, yil uchun ideal start. O‘zimni xuddi uyimdagidek his qilyapman, garchi uy stadionidagi birinchi o‘yinim hali oldinda. Uni intiqlik bilan kutyapman. Qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat», — deya futbolchining so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Fyullkryug avvalroq Dortmundning «Borussiya»si va Londonning «Vest Hem» klublarida ham to‘p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing