Filipp Senderos Ardon Yasharining kuchiga shubha qilmaydi

Filipp Senderos Ardon Yasharining kuchiga shubha qilmaydi

Avvalroq "Milan" safida o‘ynagan shveysariyalik himoyachi Filipp Senderos italiyaliklar safiga qo‘shilgan Ardon Yashari haqida fikr bildirdi. U hali jamoada o‘zini to‘liq ko‘rsata olmagan bo‘lsa-da, Senderos futbolchining salohiyatini juda yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Senderosning aytishicha, Yasharining omadi ko‘proq jarohatlar sabab kelmayapti, biroq uning kuchi borasida shubha yo‘q. U shuningdek, Ardonni oldinda yorqin faoliyat kutayotganini ta’kidladi va Luka Modrichning jamoada bo‘lishi Yashariga katta yordam berishini, u tajribali futbolchidan ko‘p narsani o‘rganishini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, "Milan" "Kalyari" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng A Seriyada yana peshqadamlikni qaytarib oldi, biroq jamoaning asosiy raqiblari hali o‘z uchrashuvlarini o‘tkazmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar