Borussiya Dortmund hujumchisi Paulinani Fortuna klubiga sotdi

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchi Xordi Paulinani Dyusseldorfning «Fortuna» jamoasiga transfer qilganini rasman ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bitim qiymati 400 ming yevroni tashkil etdi. Futbolchi yangi klubi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi va 27-raqamni tanladi.
2025/2026 yilgi mavsumda 21 yoshli forvard «Borussiya»ning ikkinchi jamoasi safida o'ynab, 11 uchrashuvda 7 ta gol urdi hamda 1 ta golli uzatma berdi.
Paulina Kurasao terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi. Dik Advokat boshchiligidagi jamoa kutilmaganda 2026 yilgi jahon chempionatiga yo'llanma oldi.
Bundesliganing 15-turidan keyin «Borussiya» 32 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing