Yuventus yarim himoyani kuchaytirish uchun Matias Galarzani kuzatmoqda

Yuventus yarim himoyani kuchaytirish uchun Paraguaylik futbolchi Matias Galarza transferini jiddiy o'rganmoqda. 2002 yilda Asunsyonda tug'ilgan Galarza faoliyati davomida Vasko de Gama, Koritiba, Talleres, River Pleyt va Atlanta Yunayted klublari safida to'p surgan. River Pleyt futbolchini 6 million yevroga sotishga tayyor.
Tuttosport nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, Italiyaning Yuventus klubi tarkibni kuchaytirish maqsadida janubiy amerikalik istiqbolli yarim himoyachilardan biri Matias Galarza nomzodini jiddiy oʻrganib chiqmoqda. Paraguaylik futbolchi Turin klubi rahbariyatiga taklif qilingan boʻlib, hozirda uning transferi atroflicha tahlil qilinmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Hozirgi kunda Yuventus tarkibida maydon markazida oʻyinni bogʻlaydigan va hujumlarni oʻz vaqtida yoʻnaltirib turadigan klassik pleymeyker yetishmayapti. Aynan shu sababli ham mazkur futbolchi murabbiylar shtabi eʼtiborini tortgan. Shuningdek, uning narxi ancha hamyonb Galarzaning transferi klub uchun moliyaviy jihatdan ham qulay variant boʻlishi mumkin.
Futbolchining faoliyati va xususiyatlari
2002 yilda Paragvay poytaxti Asunsyon shahrida tugʻilgan Matias Galarza oʻz vaqtida Olimpia Asunsyon akademiyasida taʼlim olgan. Keyinchalik u Braziliyaning Vasko de Gama klubiga koʻchib oʻtib, 2021–2023 yillar davomida 58 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 5 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Shuningdek, u Koritiba safida ham ijara asosida toʻp surgan.Faoliyatini Argentinada davom ettirib, Talleres va River Pleyt sharafini himoya qilgan yarim himoyachining soʻnggi manzili AQShning Atlanta Yunayted klubi boʻldi. Paragvay milliy terma jamoasi safida esa u 19 ta oʻyinda qatnashib, 4 bor raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan.
Transferdagi ustuvor vazifalar va shartlar
Goal.com xabar berishicha, River Pleyt futbolchini atigi 6 million yevro evaziga sotishga tayyor. Biroq Yuventus uchun hozirda boshqa ustuvor vazifalar mavjud boʻlib, klub birinchi navbatda himoya chizigʻi hamda yangi darvozabon masalasini hal qilishni rejalashtirgan.Shuningdek, yana bir yarim himoyachini tarkibga qoʻshib olishdan avval Artur, Kopmeyners yoki Mirettidan biri klubni tark etishi talab etiladi. Avstraliyadek oʻtgan oʻртоqlik uchrashuvi ham Turin jamoasiga markazda chuqur pleymeyker yetishmayotganini yaqqol koʻrsatib qoʻydi.






























Izohlar 0
…