date

Svishchyov AQSh mundial mezbonligidan mahrum bo‘lishiga ishonmaydi

Svishchyov AQSh mundial mezbonligidan mahrum bo‘lishiga ishonmaydi

Davlat dumasi deputati Dmitriy Svishchyov 3-yanvar kuni Venesuelada yuz bergan voqealar yuzasidan fikr bildirdi. Uning aytishicha, AQSh harbiylari o‘tkazgan operatsiyadan so‘ng mamlakatda rahbariyat almashgan, avvalgi prezident Nikolas Maduro esa qo‘lga olingan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Svishchyovning ta’kidlashicha, bu vaziyat fonida ham AQShni futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish huquqidan mahrum etish ehtimoli juda past. U “Match TV”ga bergan izohida, ayrimlar turnirni boykot qilishi mumkinligini inkor etmagan bo‘lsa-da, buni real ssenariy deb hisoblamagan.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi jahon chempionati tarixda ilk bor 48 jamoa ishtirokida o‘tadi. Musobaqa 11-iyundan 19-iyulgacha Meksika, Kanada va AQSh stadionlarida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Avvalroq, sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha RFU sobiq vitse-prezidenti Aleksandr Tukmanov ham o‘z munosabatini bildirgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Svishchyov AQSh mundial mezbonligidan mahrum bo‘lishiga ishonmaydi