Gonsaloning benefisi: «Real» Madrid «Betis»ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi

Ispaniya chempionatining 18-turida «Real» Madridda «Betis»ni qabul qilib, 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. G‘alabaga asosiy hissa qo‘shgan Gonsalo Garsiya bo‘ldi.
Dastlab, 20-daqiqada madridliklar forvardi Gonsalo Garsiya boshi bilan gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 5-daqiqasida Garsiya yana gol urib oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib Raul Asensio boshi bilan raqib darvozasini ishg‘ol etib hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. 66-daqiqada “Betis” futbolchisi Ernanides oradagi farqni bittaga qisqartirgan bo‘lsa, 82-daqiqada Garsiya xet-trikni rasmiylashtirib, oradagi farqni yana 3 taga oshirdi. 90+4 daqiqada esa Fran Garsiya gol urib o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Shuningdek, Rodrigo ikki golli assist bilan jamoa g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. «Real» yulduzi Kilian Mbappe jarоhat olishi sababli o‘yinni o‘tkazib yubordi.
La Liga. 18-tur
Real – Betis 5:1
Gollar: Gonsalo Garsiya 20, 50, 82, Asensio 56, Fran Garsiya 90+4 – Ernandes 66
Real – Kurtua, Asensio, Ryudiger, Karreras, Valverde, Chuameni (Seballos, 81), Kamavinga, Bellinghem, Rodrigo (Guler, 77), Gonsalo Garsiya (Fran Garsiya, 89), Vinisius (Mastantuono, 77).
Betis – Valles, Ortiz (Bellerin, 46), Bartra, Natan, R. Rodriges, Deossa (Lo Chelso, 46), Roka (Altamira, 67), Antoni, Fornals, Ruibal, Ernandes.
G‘alabadan keyin «Real» 45 ochko bilan La Ligadagi 2-o‘rnini saqlab qoldi, «Betis» esa 28 ochko bilan 6-pog‘onada. Ushbu o‘yinda vakillar tomonidan ajoyib individual harakatlar, shuningdek, texnik mahoratlarning oliy namunasi ko‘rsatildi.
Madrid klubi yangi mavsumda muvaffaqiyatni oshirishga intilayotgani va ularning hujum chizig‘i yanada kuchaygani aniq bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!